Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari garovlar sabab qamalishi mumkin

Turkiya futbolida shov-shuvli mojaro: «Galatasaray» va «Fenerbahche» futbolchilari tikishlar bilan bog‘liq holat bo‘yicha qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» himoyachisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltadji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi o‘yinlarga garov qo‘ygan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, jamoa qaydnomasida bo‘lgan va bu holat futbolchining o‘yin natijasiga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyati bo‘lganini anglatadi.
Amaldagi turk qonunchiligiga binoan, professional sportchi garov platformalariga o‘z maqomini bildirishi shart, biroq futbolchi buni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!