Messi Maradona bilan ilk uchrashuvini eslab berdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbol afsonasi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishgani haqida gapirdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv Maradonaning o‘zi tashabbus ko‘rsatgan “La noche del 10” teleko‘rsatuvi vaqtida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Taklif oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va amakivachchalarim ham bor edi, ularning barchasi Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas voqea bo‘ldi”, — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing