Guberniyev JCh 2026 AQSHdan Zlatoustga ko'chishini hazillashdi

Sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati Shimoliy Amerikadan boshqa manzilga ko'chirilishi mumkinligi haqidagi gaplarga hazilomuz tarzda munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U ijtimoiy tarmoqlarda: «Sezyapman, futbol bo'yicha jahon chempionatini AQSHdan Zlatoustga ko'chirishadi... Hamma narsa shunga ketyapti!» deya yozdi.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda Zlatoust shahrida biatlon bo'yicha Rossiya kubogi bosqichi o'tkazilmoqda.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tishi kerak. Turnirda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.
Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Qatar-2022 finalida «albiseleste» fransuzlarni mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!