Qatarda futbol uchrashuvlari va turnirlari vaqtincha to'xtatildi

Qatar futbol assotsiatsiyasi mamlakatda barcha futbol o'yinlari va musobaqalarini to'xtatganini ma'lum qildi. Qachon qayta boshlanishi hozircha aytilmadi — turnirlar keyingi xabargacha bekor qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyat fonida Finalissima uchrashuvini boshqa joyga ko'chirish ehtimoli ham paydo bo'ldi. Argentina va Ispaniya terma jamoalari mart oyi oxirida sovrin uchun aynan Qatarda maydonga tushishi kerak edi.
Avvalroq AQSH Eron hududiga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilgandi. To'qnashuvlar bir qator davlatlarga, jumladan Qatarga ham ta'sir qilgani aytilmoqda. Mintaqada xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat og'irlashgani sabab futbol uchrashuvlarini o'tkazish imkoni yo'q.
Yozda esa AQSH, Kanada va Meksika jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Umid shuki, o'sha paytga borib dunyo bo'ylab vaziyat barqarorlashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!