date

Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi

Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi

Galatasaroy hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi keyingi rejalarini muhokama qilish uchun rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvi aprel oyida Istanbul klubi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, 33 yoshli argentinalik forvardga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma taklif qilib, o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Ikardining Galatasaroy bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor bahosi 6 million yevroni tashkil etadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi