date

Qatar xavfsizlik sabab barcha futbol musobaqalarini to'xtatdi

Qatar xavfsizlik sabab barcha futbol musobaqalarini to'xtatdi

Qatar futbol assotsiatsiyasi mamlakat hududida o‘tkaziladigan barcha o‘yinlar va turnirlarni vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Hozircha aniq muddat aytilmadi — musobaqalar keyingi xabargacha muzlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyat fonida Finallissima uchrashuvini boshqa joyga ko‘chirish ehtimoli ham paydo bo‘ldi: Argentina va Ispaniya terma jamoalari mart oyining oxirida aynan Qatar maydonida sovrin uchun bahs olib borishi kerak edi.

Avvalroq AQSH Eron bilan bog‘liq harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qilgandi. To‘qnashuvlar mintaqadagi bir qator mamlakatlarga, jumladan Qatar hududiga ham ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda. Shu bois xavfsizlik nuqtayi nazaridan futbol uchrashuvlarini o‘tkazish imkonsiz.

Yozda AQSH, Kanada va Meksika jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Umid shuki, o‘sha paytga borib butun dunyoda vaziyat barqarorlashadi va sport yana odatdagi ritmga qaytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qatar xavfsizlik sabab barcha futbol musobaqalarini to'xtatdi