date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda qoldirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda qoldirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi ayrim bahslar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSH va Isroil o‘rtasida keskinlashgan harbiy mojaro sabab bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar qo‘shni mamlakatlarga ham yetib bormoqda, bu hududlarda AQSH harbiy bazalari joylashgan.

OFK bayonotida tashkilot vaziyatni doimiy nazoratda ushlab turishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligi ustuvor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvlar 2–3 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Hozircha o‘yinlarning yangi sanasi yoki o‘tkazilish manzili e’lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda qoldirdi