Finalissima bo'yicha qaror hali qabul qilinmadi

Qatarda mintaqada davom etayotgan jangovar harakatlar fonida barcha futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatildi. Shu sabab Finalissima — Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin — boshqa sanaga ko'chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma'lumotiga ko'ra, hozirda UYEFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni kuzatib bormoqda va shoshilinch xulosa chiqarmayapti. Bir necha kun ichida ular Qatar hukumati bilan birga Finalissima taqdiri yuzasidan yakuniy qarorni e'lon qiladi.
Argentina va Ispaniya kubok uchun 27 mart, juma kuni bahs olib borishi kerak. Uchrashuvni Qatarda o'tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalgi Finalissimada 2022 yil iyun oyida Argentina Italiyani 3:0 hisobida yirik mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!