Liverpul APL tarixida buni qilgan ikkinchi klub bo'ldi

Angliya chempionatining 28-tur uchrashuvlarida amaldagi chempion «Liverpul» «Vest Xem» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi — 5:2. Mersisaydliklar asosiy ustunlikni ilk bo'limdayoq qo'lga kiritib, tanaffusga qadar javobsiz uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
E'tiborlisi, birinchi taymdagi uch golning barchasi burchak zarbalaridan keyin raqib darvozasiga yo'l topdi. Uchrashuvdan so'ng statistika ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» APL tarixida birinchi bo'limning o'zida burchaklardan uch marta gol urishga muvaffaq bo'lgan atigi ikkinchi jamoaga aylandi.
Bunday natija avval faqat «Manchester Yunayted» tomonidan qayd etilgan — 2016 yilda «Lester»ga qarshi o'yinda. Qizig'i shundaki, o'sha paytda «Lester» ham aynan amaldagi chempion sifatida maydonga tushgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!