Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida gapirdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi mamlakat futbolining yana bir afsonasi — Diyego Armando Maradona bilan birinchi bor qayerda va qanday tanishganini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, ilk uchrashuv televideniyedagi “La noche del 10” ko‘rsatuvi davomida bo‘lib o‘tgan va Messi aynan Maradonaning tashabbusi bilan studiyaga taklif qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so‘zlariga ko‘ra, u kelgan taklifni rad eta olmagan va studiyaga yaqinlari bilan birga borgan. U yerda otasi, amakisi hamda jiyanlari ham Maradona bilan ko‘rishib, tanishish imkoniga ega bo‘lishgan. Messi bu lahzani unutilmas voqea sifatida ta’rifladi.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing