Ronaldu kafolatlar olgach kelajagi borasida qaror qildi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta o‘yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi ayrim masalalardan norozi ekanini bildirgandi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq 365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu «Al-Nasr»da shartnomasi yakunigacha qolishga qaror qilgan. Hujumchi bitimi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi, unga esa Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillari top darajadagi futbolchilar transferi bo‘yicha kafolatlar bergan.
Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» yetakchidan ikki ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko kam to‘plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!