Jahongir Otajonov Amerikada turib muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi

Xonanda Jahongir Otajonov konsert dasturi bilan AQShning Nyu-York shahriga tashrif buyurib, muxlislari bilan uchrashdi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan bir qator savollarga ochiq va samimiy javob qaytardi.
Muxlislardan biri “Qo‘shiqni san’at uchun aytasizmi yoki pul uchunmi?” degan savol bilan murojaat qilgan. Xonanda bunga javoban qo‘shiqlarni san’at uchun ijro etishini, biroq shu orqali daromad topishini ta’kidladi.
Yana bir savolda ijod jarayonidagi qiyinchiliklar haqida so‘ralganda, u ba’zi qo‘shiqlariga katta umid bilan kirishganini, ammo natija har doim ham kutilgandek chiqmaganini tan oldi.
Shuningdek, shaxsiy hayoti haqida berilgan savolga javob berar ekan, Otajonov sahnada hissiyotlarga boy bo‘lsa-da, hayotda jiddiy inson ekanini aytdi. Unga ko‘ra, qalbini sindirganlar asosan ishonchni oqlamagan insonlar bo‘lganini bildirib, ayollar bunday holatda sababchi bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!