17 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 17-aprel holatiga ko‘ra oltin quyma sotuv narxlarini e’lon qildi. Bir gramm oltinning narxi avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 4000 so‘mga pasaygan. Quymalarni barcha bank filiallaridan xarid qilish mumkin, biroq talab ortgani sababli ularning mavjudligini oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 17 apreldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 4000 so‘mga pasaygan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 676 000 so‘m.
10 gram — 19 351 000 so‘m.
20 gram — 38 702 000 so‘m.
50 gram — 96 756 000 so‘m.
100 gram — 193 512 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
























Izohlar 0
…