20 aprel uchun dollar kursi prognozi e’lon qilindi

20 aprel kuni O‘zbekiston валюта bozorida AQSh dollari kursi 35-36 so‘mga arzonlashishi kutilmoqda. Ushbu pasayish trendi bozorda valyuta taklifining ortishi bilan izohlanmoqda. Hozirda Anorbank va Universalbank dollarni sotish uchun eng qulay kurslarni, Apexbank esa sotib olish uchun eng maqbul narxni taklif etmoqda. Valyuta ayirboshlashdan oldin banklarning ichki kurslarini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston valyuta bozorida AQSh dollari kursining navbatdagi pasayishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 20 aprel, 2026 yil kuni amal qiladigan dollar kursi 35-36 so‘m atrofida arzonlashishi kutilmoqda. Ushbu pasayish trendi bozordagi taklifning ortishi bilan izohlanishi mumkin.
Hozirda banklarga dollarni sotish bo‘yicha eng qulay va manfaatli kurslarni Anorbank (12 140 so‘m) va Universalbank (12 140 so‘m) taklif etmoqda. Shuningdek, BRB hamda Garantbank muassasalarida ham valyuta sotish kursi 12 130 so‘m bilan yuqori pog‘onalarda qayd etilgan.
Banklardan dollar sotib olmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun eng maqbul narxlar Apexbank (12 160 so‘m)da kuzatilmoqda. Bundan tashqari, Infinbank, Asia Alliance Bank va Octobankda sotib olish kursi 12 170 so‘mni tashkil etmoqda. Valyuta ayriboshlashdan oldin banklarning ichki kurslarini qayta aniqlashtirish tavsiya etiladi.

























Izohlar 0
…