Volkanovski Yevloyevni nokaut qildi, Yan trilogiyani yutdi (UFC 333'ning barcha natijalari)

Volkanovski Yevloyevni nokaut qildi, Yan trilogiyani yutdi (UFC 333'ning barcha natijalari)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC 333 turnirida Aleksandr Volkanovski Movsar Yevloyevni texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qildi.
  • Pyotr Yan esa Merab Dvalishvili ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, o‘zaro trilogiya hisobini 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
  • O‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov esa ingliz sportchisi Lone Kavanaga qarshi kechgan bahsda 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida yakkakurash ixlosmandlari katta qiziqish bilan kutgan raqamlangan yirik musobaqa — UFC 333 turniri bo‘lib o‘tdi.

Ikkita chempionlik kamari himoya qilingan va o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirovning muhim to‘qnashuvini o‘z ichiga olgan jang oqshomi kutilmagan nokautlar hamda murosasiz janglarga boy bo‘ldi.

Asosiy kard: Chempionlar o‘z kamarini saqlab qoldi

Turnirning hal qiluvchi bahslarida kuchli nokautlar va tarixiy revanshlar qayd etildi:

  • Volkanovski Yevloyevni to‘xtatdi: Oqshomning markaziy jangida yarim yengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski birinchi raqamli da’vogar Movsar Yevloyevni 2-raunddayoq texnik nokautga uchratib, kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi;

  • Pyotr Yan va Merab Dvalishvili trilogiyasi: O‘ta yengil vaznda amaldagi chempion Pyotr Yan sobiq kamar sohibi Merab Dvalishvilini 5 raundlik murosasiz kurashdan so‘ng hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi. Shu tariqa jangchilar o‘rtasidagi trilogiya hisobi 2:1 ko‘rinishiga keldi;

  • Temirovda kutilmagan mag‘lubiyat: O‘zbekistonlik sportchi Ramazon Temirov ingliz jangchisi Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqdi, biroq bahs 1-raunddayoq Kavananing texnik nokauti bilan yakunlandi.

UFC 333 turnirining to‘liq qaydnomasi

Asosiy kard (Main Card):

  • Yarim yengil vazn (titul jangi): Aleksandr Volkanovski Movsar Yevloyevni 2-raundda texnik nokaut (TKO) evaziga mag‘lub etdi;

  • O‘ta yengil vazn (titul jangi): Pyotr Yan Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan yengdi;

  • Eng yengil vazn: Lone Kavana Ramazon Temirov ustidan 1-raundda texnik nokaut (TKO) bilan g‘alaba qozondi;

  • Og‘ir vazn: Aleksandr Volkov Rizvan Kuniyevni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi;

  • Yarim yengil vazn: Aaron Piko Losen Keytani 1-raundda texnik nokautga uchratdi.

Dastlabki kard (Prelims):

  • Yarim og‘ir vazn: Azamat Murzakanov Dominik Reyesni 1-raundda nokautga uchratdi;

  • Yarim og‘ir vazn: Nikita Krilov Abdul-Rahmon Yahyoyevni 1-raundda muddatidan avval taslim etdi;

  • O‘rta vazn: Abusupyan Magomedov Kemeron Roustonni 1-raundda texnik nokaut bilan yengdi;

  • Yengil vazn: Grant Douson Nurullo Aliyev ustidan hakamlar qarori bilan ustun keldi;

  • O‘ta yengil vazn: Kolbi Tikness Asaf Chopurovni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi;

  • O‘rta vazn: Abubakar Vagayev Jeykob Malkunni hakamlar qarori bilan taslim qildi;

  • Yarim yengil vazn: Bolaji Oki Daniel Santosni ochkolar evaziga yengdi;

  • Yengil vazn: Kodi Stil Noa Gyunonni 1-raundda texnik nokaut qildi;

  • Ayollar minimal vazni: Yasmin Lusindo Nikol Kalyarini hakamlarning yakdil qarori bilan yengdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar