Atletiko Madrid Julian Alvarez oʻrniga yangi hujumchi qidirmoqda

Atletiko Madrid Julian Alvarez oʻrniga yangi hujumchi qidirmoqda

Atletiko Madrid jamoasi oʻzining asosiy hujumchisi Julian Alvarez ketishi ehtimoliga qarshi Victor Osimhen variantini koʻrib chiqmoqda. Soʻnggi vaqtlarda Atletiko Madrid va Barselona klublari oʻrtasida transfer masalasida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga keldi. OAVda tarqalgan xabarlarga koʻra, Kataloniya klubi argentinalik jahon chempionini oʻz safiga qoʻshib olish uchun harakatlarni jadallashtirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Garchi Atletiko Madrid rahbariyati Julian Alvarezni jamoa loyihasining asosi deb hisoblasa-da, Barselona allaqachon rasmiy taklif bilan chiqqani aytilmoqda. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Barselona poytaxt klubiga 100 million yevrolik taklifni elektron pochta orqali yuborgan. Biroq, bu poygada faqat kataloniyaliklar emas, balki PSJ va Arsenal ham faol ishtirok etmoqda.

Vaziyatning bunday tus olishi Atletiko Madridni munosib oʻrinbosar qidirishga majbur qildi. Madridliklar nigeryalik hujumchi Victor Osimhen nomzodini asosiy maqsad qilib belgilagan. Hozirda Galatasaray safida toʻp surayotgan hujumchi Turkiya chempionatida ajoyib natijalar koʻrsatmoqda.

Victor Osimhen transferi uchun daʼvogarlar kamida 70-100 million yevro atrofida mablagʻ sarflashlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ushbu futbolchi uchun kurashda Manchester Yunayted ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar Julian Alvarez jamoani tark etsa, Atletiko Madrid aynan Osimhenni transfer qilishga bor kuchini safarbar etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar