Xabaringiz bor, hamyurtimiz Aziz G‘aniyev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" kecha BAA chempionatida navbatdagi o‘yinni o‘tkazdi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Aziz ikkinchi bo‘limda jarohat olib, maydonni erta tark etdi. O‘zbekiston milliy termasi bosh shifokori Abror Pirriyev telegram-kanalida Aziz G‘aniyev jarohati borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Kecha BAA futbol assosatsiyasi maydonida kechgan kechki mashg‘ulotdan qaytayotib yo‘l davomida butun jamoa “Shabab Al-Ahli” klubining o‘yinini tomosha qilib, Aziz G‘aniyevga muxlislik qilib keldik. Mehmonxonaga yetib kelganimizda baxtga qarshi hamyurtimiz jarohat olib maydonni tark etdi. O‘yin tugashini kutib klub shifokori bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ammo, hamkasbim ham menga o‘xshab o‘yinga qo‘l telefonini olmaydi shekilli, aloqaga chiqa olmadik. Kechroq Azizning o‘zi bilan qo‘ng‘iroqlashib, ahvoli bilan qiziqdik. – Ertaga tekshiruvga boramiz ekan, hozircha bilmadim...
Bugun ertalab mutasaddilarimiz orqali klub shifokori bilan gaplashdik. U, ilk tibbiy belgilarga ko‘ra futbolchining tizza bo‘g‘inidagi jarohati jiddiy bo‘lishi mumkinligi, aniq ma’lumotni esa barcha zarur tekshiruvlarni o‘tkazib bo‘lgach xabar berishini aytdi.
Kutamiz va duodamiz...", - deya yozib qoldirdi Pirriyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Valyutalar kursi: Rossiya rubli keskin qadrsizlandi
A Seriya autsayderi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Turkiya. Husniddin Aliqulov "Beshiktosh" darvozasiga gol urgandi, ammo... (video)
Janubiy Koreyada politsiya prezidentni hibsga ololmadi
Zelenskiy 2025 yildan umidlari va ikkinchi muddati ehtimoli haqida gapirdi
Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue oʻrtasidagi jang qachon boʻlishi mumkin?
Megan Markl Netflix’da oʻzining shaxsiy layfstayl shousini taqdim etdi (video)
Toʻqayev: Davlat rahbari — yollanma davlat boshqaruvchisi, «Tangrining soyasi» emas