Foto: akorda.kz
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 2024 yil yakunlariga bagʻishlangan intervyuda 2022 yil yanvarida mamlakatda sodir boʻlgan qonli voqealarni esga oldi.
«Bu voqealarning asosiy sababi – ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy turgʻunlik, shuningdek, fitnachilarning bostirib boʻlmaydigan ambitsiyalari, xalq va davlat taqdiriga befarqligidir. Hali ham taxminlar va sodir boʻlgan voqealarning turli versiyalari mavjud. Bundan tashqari, ba'zi bir tarafkash shaxslar faktlarni oʻylab, fuqarolarning his-tuygʻularini manipulyatsiya qilmoqda. Hokimiyatning oʻzi jamiyatda savollar qolmasligidan manfaatdor. Bir narsa aniq: qat'iy choralar koʻrilmaganida, Qozogʻiston suvereniteti cheklangan, butunlay boshqacha davlatga aylangan boʻlardi», dedi Toʻqayev.
Qozogʻiston rahbari yanvar voqealaridan chiqarilgan xulosalarni sanadi.
«Bu voqealar barchamizga koʻp narsani oʻrgatdi. Birinchidan, mamlakatda hokimiyat birlashtirilishi kerak, qoʻshhokimiyat boʻlmasligi kerak. Ikkinchidan, davlat rahbari - ma'lum bir muddatga yollangan davlat boshqaruvchisi, «Tangrining soyasi» emas. Uchinchidan, oliy davlat lavozimlariga nomzodlarni, jumladan, huquq-tartibot idoralari rahbarlarini ham puxta tanlash, ular Vatanga, Qozogʻistonga fidoyi boʻlishi kerak, eng muhimi, hamma joyda adolat tamoyillarini joriy etish zarur, xalq birligini qoʻz qorachigʻidek himoya qilish lozim», dedi Toʻqayev.
2022 yil yanvar oyida Qozogʻistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshganidan keyin ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlanib ketdi. Odamlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari toʻqnashuvi oqibatida 250 nafardan ortiq kishi halok boʻlib, 8 mingga yaqini jarohat oldi. Qonli voqealardan soʻng Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev «Elboshi» unvonidan va boshqa koʻplab imtiyozlardan mahrum etildi. Uning yaqin qarindoshlariga nisbatan korruptsiya boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2024 yilning eng yaxshi sportchisi ma'lum qilindi
2025 yildagi ijara stavkasi boʻyicha yangi qoidalar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Chekishni tashlashga yordam beradigan ilova ishlab chiqildi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Bashar Asadga Moskvada suiqasd uyushtirilgani ma'lum qilindi
Oqtovda qulagan samolyotning qora qutilari rasshifrovka qilindi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?