"Lans" bosh direktori: "Abduqodir Husanov klubdan ketadi"

"Lans" bosh direktori: "Abduqodir Husanov klubdan ketadi"
"Lans" bosh direktori Pyerre Dreossi jamoaning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning shu oyda jamoadan ketishi kutilayotganini aytdi.

"Husanov ketadi. Hozircha yaxshi takliflar boʻlmadi... Agar u ketadigan boʻlsa va taklif yetarli darajada qiziqarli boʻlsa, gap avvalo iqtisodiy balans haqida boradi", — dedi Dreossi.

Eslatib oʻtamiz, fransiyaliklar himoyachisiga Yevropaning bir nechta top klublari qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, Fabritsio Romano, "Manchester Siti" uning transferi borasida ish olib borayotganini yozgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar