00:30 / 06.01.2025
46

Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”

Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Foto: Reuters
Ukraina har kuni 20 kvadrat kilometrgacha hududini yoʻqotmoqda. Bu haqda “Povernis jivim” fondi rahbari, ukrainalik harbiy tahlilchi Taras Chmu ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2024 yilda Ukraina Xerson, Zaporoje, Donesk, Lugansk va Xarkov viloyatlarida 3600 kvadrat kilometrga yaqin hududni yoʻqotgan. Taqqoslash uchun, 2023 yilda yoʻqotishlar 540 kvadrat kilometrni tashkil etgan, Ukraina qoʻshinlari esa 430 kvadrat kilometrni boʻshatgandi.

Chmut joriy yilda Ukraina Kursk viloyatida muvaffaqiyatli operatsiya oʻtkazib, 1100 kvadrat kilometrni nazoratga olgani, shundan 460 kvadrat kilometri hozir ushlab turilganini aytdi.

Shu bilan birga, u Rossiya armiyasi hujum sur'atining ortishini dahshatli koʻrsatkich deb hisoblaydi. Agar 2024 yil iyun oyida ruslar oyiga 100 kvadrat kilometr (kuniga 3,4 kv/km) siljigan boʻlsa, sentyabrda bu koʻrsatkich oyiga 400 kvadrat kilometr (kuniga 13,4 kv/km) ga oshgan. Noyabr oyida esa oyiga 610 kvadrat kilometr yoki kuniga 20,3 kvadrat kilometrga chiqqan.

Biz har kuni 20 kvadrat kilometr erimizni yoʻqotmoqdamiz. Har kuni”, deb ta'kidladi Chmut.

Shuningdek, u texnika, oʻq-dorilar va ishchi kuchida katta yoʻqotishlarga qaramay, ruslar hujumni davom ettirayotganini aytdi. Frontning ba'zi qismlarida yoʻqotishlar nisbati allaqachon Ikkinchi jahon urushi darajasiga etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo