Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi

Foto: AFP
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni norasmiy uchrashuv uchun AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohiga keldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarga koʻra, Yevropaning asosiy etakchisi hisoblangan Meloni 20 yanvar kungi inauguratsiyasi oldidan Tramp bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi. Ularning uchrashuvi tafsilotlari oshkor etilmagan.
Italiya ommaviy axborot vositalariga koʻra, Meloni Tramp bilan Rossiyaning Ukrainadagi urushi, savdo masalalari, Yaqin Sharq, shuningdek, Tehronda italiyalik jurnalist Sesilya Salaning hibsga olinishi haqida muloqot qilgan boʻlishi mumkin.
Italiya bosh vaziri tashrifi AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning 9—12 yanvar kunlari rejalashtirilgan Rimga tashrifidan bir necha kun oldin boʻlib oʻtdi. Meloni 5 noyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlardan keyin Florida shtatida Trampni ziyorat qilgan kam sonli xorijiy yetakchilardan boʻldi.
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Argentina prezidenti Xavyer Miley va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashgandi. Dekabr oyi boshida esa Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham Donald Trampnikiga “tinchlik missiyasi” bilan tashrif buyurgan.

Izohlar 0
…