
Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaganini ma'lum qildi.
"Yangi mavsumda chempionlikni himoya qilishni maqsad qilgan “ajdarlar” 3 yanvardan boshlab, Qarshidagi qarorgohlarida yigʻilishdi va mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ham koʻrikdan oʻtishmoqda. Murabbiylarimiz jamoani tark etgan futbolchilar oʻrnini toʻldirish uchun selektsiya ishlarini ham olib borishmoqda. “Nasaf” yanvar oyida mashgʻulotlarni Qarshida olib boradi.
Tayyorgarlikning ikkinchi qismi fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadi. Antaliyadagi oʻquv mashgʻulot yigʻini doirasida xorij jamolari bilan nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Jamoamizga “Liyepaja” (Latviya), “Veres Rivne” (Ukraina), “Fakel” (Rossiya), “Baltika” (Rossiya), “Shaxtyor” (Qozogʻiston) va “Spartak” (Moskva) jamoalari raqiblik qilishadi", - deya yozdi klub matbuot xizmati.
Yangi MavsumNasaf KlubiQarshida TayyorlanmoqdaFutbolchilar Ko'rikdanAntaliyada Mashg'ulotlarChempionlikni Himoya Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing