10:34 / 05.01.2025
62

Navoiy viloyatida Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi

Navoiy viloyatida Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
Navoiyda insonlar oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Bu haqda YTHda halok boʻlgan er-xotinning yaqinlari ma'lum qildi.

Ularga koʻra, holat 2025 yil 1 yanvar kuni soat 18:30 lar atrofida Qiziltepa tumanining Oʻrtaqoʻrgʻon mahallasi hududida sodir boʻlgan. S. ismli haydovchi mahallaning Yangilanish koʻchasi boʻylab oʻtgan yoʻlda Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, 1971 yilda tugʻilgan N.Ya. hamda uning 1976 yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi N.U.ni urib ketgan.

YTH oqibatida er-xotin ogʻir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ularning 3 farzandi boʻlgan.

Marhumlarning yaqinlari holat yuzasidan tegishli organlarning harakati sust boʻlayotganligidan norozi.

Haydovchi mast holatda boʻlgan. Qolaversa, mashinani katta tezlikda boshqargan. Shuningdek, holat sodir boʻlganida birinchi yordam koʻrsatmagan.

YTH sodir boʻlganiga 3 kun boʻldi. Biroq hozircha hech qaysi organ xodimi marhumlarning oilasidan xabar olib, farzandlariga koʻrilayotgan ish yuzasidan tushuntirish bermadi. Nima boʻlayotganidan xabarimiz yoʻq. Balki tergov harakatlari olib borilayotgandir. Toʻgʻrisi, ish “yopdi-yopdi” qilib yuborilishidan xavotirdamiz
”, deydi marhumlarning Kun.uz jurnalisti bilan gaplashgan yaqini.

Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanganmi yoki yoʻq, ma'lum emas. Navoiy viloyati IIB YHXB hozircha holat yuzasidan munosabat bildirmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy viloyatida Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi