Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue oʻrtasidagi jang qachon boʻlishi mumkin?

Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue oʻrtasidagi jang qachon boʻlishi mumkin?
Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang qilishga rozilik bildirdi.

"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari, Inouening promouteri Bob Arumning soʻzlariga qaraganda, Naoya 24 yanvar kuni Sem Gudman bilan jang qilganidan soʻng may yoki iyun oyida Las-Vegasda (AQSh) WBC kamarini Alan Pikassodan himoya qiladi.

Arumning ta'kidlashicha, shundan soʻng navbat Murodjon Ahmadaliyev bilan bahsga etib keladi. Oʻzbekistonlik sobiq jahon chempioni bilan toʻqnashuv shu yil oxirida yoki 2026 yil boshida Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar