00:23 / 06.01.2025
43

Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi

Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi
Foto: AFP
Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer hukumatga Suriyadagi vaziyat barqarorlashsa, ushbu mamlakatdan kelgan qochqinlarga nisbatan koʻriladigan choralar boʻyicha harakatlar rejasini taqdim etdi.

Hujjat toʻrt banddan iborat boʻlib, u Germaniyada yashash uchun asosga ega boʻlmaganlarni himoyalangan shaxslar maqomidan mahrum qilishni nazarda tutadi.

«Qonunda koʻrsatilganidek, Suriyadagi vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan Germaniyada bunday himoyaga ehtiyoj qolmasa, Migratsiya va qochqinlar boʻyicha federal idora berilgan himoyani koʻrib chiqadi hamda bekor qiladi», — deydi Fezer.

Uning ta'kidlashicha, ta'lim yoki ish kabi boshqa sabablarga bilan mamlakatda qolish huquqiga ega boʻlmagan va oʻz ixtiyori bilan Suriyaga qaytishni istamaganlar uchun bunday maqom bekor qilinadi.

IIV rahbarining qayd etishicha, rejaning ikkinchi bandi muvaffaqiyatli integratsiyalashgan qochqinlarga mamlakatda qolishga ruxsat berishni nazarda tutadi. Vataniga qaytishni istaganlar uchun davlat qoʻllab-quvvatlov dasturini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Rejaning soʻnggi bandida esa jinoyatchilarni zudlik bilan deportatsiya qilish choralari keltirilgan.

BMTning Qochqinlar ishlari boʻyicha agentligi hisob-kitoblariga koʻra, 2011 yili Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida mamlakat aholisi dunyoning 130 davlatiga qochib ketgan. Ularning aksariyati Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misrdan qoʻnim topgan, yana milliondan ortigʻi — Evropada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo