“Barselona”ning ispaniyalik futbolchilari – Daniel Olmo va Pau Viktor Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi va La Liga rahbariyatining ularni chempionatning ikkinchi qismiga roʻyxatdan oʻtkazmaslik toʻgʻrisidagi qaroridan hayratga tushdi.
Carrusel Deportivo nashrining ma'lum qilishicha, har ikki oʻyinchi oʻzlarini aldangan, deb hisoblaydi. Chunki klubdagilar ularga hujjatlar vaqtida etkazilgani, oʻyinchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar La Liga va federatsiya bilan hal etilganini aytishgan.
Avvalroq, “Barselona” dubaylik va qatarlik investorlar orqali klub gʻaznasiga tushum qilingani va klub rahbariyati bu ikki futbolchini qaydnomadan oʻtkazishga ruxsat olgani haqida ma'lumot tarqatilgandi. Biroq, klubning navbatdagi urinishi ham zoye ketdi.
Endi kataloniyaliklar bu masala yuzasidan Ispaniya Oliy sport kengashiga ariza berishga qaror qildi. Agar muammo bartaraf etilmasa, Olma ham, Viktor ham erkin agent maqomida “Barselona”ni tark etish huquqiga ega boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun loyihasini koʻrib chiqishmoqda
Rossiya Donbassdagi yana bir muhim shaharni egallagani aytilmoqda
1-fevraldan boshlab Oʻzbekistonda poyezd chiptalari narxi yana oshadi!
Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi
Marsni oʻrganishga moʻljallangan yangi vertolyot namoyish qilindi
Har safar harakat qilganimda magʻlub boʻldim... Nega menga omad kulib boqmaydi?
Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
Isroil «Hizbulloh» bilan uzoq muddatli sulh tuzmoqchi(mi?)