Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida kichik yoshdagi qizning enagasi tufayli ogʻir jarohat olganligi haqidagi xabar tarqalgan edi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatga munosabat bildirib, uning ayrim tafsilotlarini ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro Gʻ.M (1988 yilda tugʻilgan ayol) Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketishi sababli voyaga etmagan qizi Gʻ.I.(2022 yilda tugʻilgan)ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida M.X. (1988 yilda tugʻilgan ayol)ning qaramogʻiga topshirib, 2024 yil avgust oyida joʻnab ketgan.
Shuningdek, ona enaga M.X.ga xizmat haqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul joʻnatib turgan.
2024 yil 15 noyabr kuni voyaga etmagan Gʻ.I yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtda yiqilib, ogʻir tan jarohati olganligiga qaramay, enaga ayol bolaning sogʻligini xavf ostiga qoʻyib, uni shifoxonaga olib bormagan.
Oqibatda bolaga bosh miya lat eyishi va boshqa hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir shikastlar tashxisi qoʻyilgan.
2024 yil 28 dekabr kuni fuqaro M.X.ga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tibetda kuchli 7,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi
"Dev va Pakana", katta odamlar va jamiyatning qalbi
Shahram Gʻiyosov ayiq bilan mashgʻulot oʻtkazgani uchun uzr soʻradi (video)
"Superliga - 2024"ning eng yaxshi futbolchisi yangi mavsumni qayerda oʻtkazadi?
Mutaxassis tarmoqlardagi sarosima haqida: “Metapnevmovirus umuman yangi emas, vahimaga oʻrin yoʻq”
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!
Krishtianu Ronaldu bu yil faoliyatini tugatadimi?
Oilaviy tinchlikning siri nimada?