Foto: AFP
Ukrainada 2024 yilda 200 mingga yaqin odam urushga safarbar qilindi. Bu haqda Ukraina va Gʻarb rasmiylariga tayanib The Washington Post xabar berdi.
«Men raqamlarni aytmayman, ammo bu dahshatli. Odamlar urushga chaqirilmoqda, ammo afsuski, bizda yoʻqotishlar bor va ularning oʻrnini toʻldirish kerak. Bu rostdan ham etarli emas», — deydi Ukraina Qurolli kuchlari batalon komandiri.
WP’ning qayd etishicha, rossiyalik harbiy xizmatchilar oʻzlarining asosiy ustuvorligi — inson resurslaridan foydalangan holda urushning «dastlabki kunidanoq jadal sur'atlar bilan oldinga siljimoqda».
2022 yil 24 fevralda Ukrainada harbiy holat joriy etilib, safarbarlik e'lon qilingan edi. UQKning sobiq bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy armiyaga odamlar etishmayotgani va deputatlarni ham frontga borishga chaqirgandi. 2023 yil dekabr oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiylarning qoʻshimcha 450-500 ming kishini safarbar qilish haqidagi iltimosini ma'lum qilgandi.
Shundan beri armiyaga chaqiruv shartlari kuchaytirildi. Xususan, harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 27 dan 25 ga tushirildi. Zelenskiyga koʻra, Rossiya tomonidan 2022 yil fevral oyida Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urush boshlanganidan beri 43 ming ukrain askari halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple rahbari Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qildi
Tergovchilar Tramp mehmonxonasi oldida portlatilgan Cybertruck haqida ma'lumot berdi
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Zararli ovqatlar va ortiqcha iste'molga boʻlgan moyillik miyada qanday shakllanadi?
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Oqtovda halokatga uchragan samolyotning “qora quti”larini oʻrganish boshlandi
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?