AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi

1 daqiqa o'qish285
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
Foto: AFP
AQShda Meri daryo ustidan oʻtgan koʻprik yuk poyezdi oʻtayotgan vaqtda qulab tushdi. KPTV telekanalining ma'lum qilishicha, karbamid ortilgan 19 ta vagondan biri suvga qulagan.

Koʻngilsiz hodisa Oregon shtatidagi Korvallis shahrida sodir boʻlgan. Hech kim jabrlanmagan, biroq politsiya suvga vagondagi moddalar tarqalishi mumkinligi sabab aholini daryoga tushmaslikka chaqirgan.

Hozirda huquq-tartibot organlari koʻprikning qulash sababini aniqlash boʻyicha tergov harakatlarini olib bormoqda.
AQShda temiryoʻl koʻprigi poyezd harakati vaqtida qulab tushdi
Karbamid — kimyoviy birikma boʻlib, asosan azotli oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Oktyabr oyida Norvegiyada yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketgandi. Hodisa mamlakatning Xemnes munitsipalitetida sodir boʻlgan va bir necha kishiga jarohat yetgan edi.

Dekabrda esa Murmansk oblastida Kandalaksha rayonidagi Knyajaya stantsiyasi yaqinida Murmansk — Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 11-sonli yoʻlovchi poyezdi bilan yuk poyezdi toʻqnashib ketgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?