19:33 / 05.01.2025
69

Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar

Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Foto: iStock
Qishda yurak xurujining oldini olish masalasi har qachongidan ham dolzarb boʻladi: tanani isitish uchun yurak tezroq rejimda ishlay boshlaydi. Sport bilan shugʻullanish yoki faol hayot tarzi qishda yurak uchun yanada qoʻshimcha yuk boʻladi. Past harorat natijasida inson organizmida qon tabiiy ravishda bir oz quyuqlashadi, bu esa tromblarning hosil boʻlish ehtimolini oshiradi. Garchi yurak xurujlari koʻpincha 65 yoshdan keyin yuz bersa-da, ularning xavfini kamaytirish 40 yoshdan ancha avval — yoshlikdan boshlab chora koʻrish kerak.

Chekishni tashlang

Chekish butun organizmni, jumladan tomirlarni zararlaydi, qon bosimini oshiradi va qonga keladigan kislorod miqdorini kamaytiradi. Statistikaga koʻra, chekuvchilar yurak xurujini chekmaydiganlarga nisbatan ikki baravar koʻproq boshdan kechiradilar.

Shirin gazlangan ichimliklarni cheklang

Hayotingizda zararli va foydali odatlarni muvozanatga keltirishga qanchalik urinmang, bir stakan gazli va shirin ichimliklar baribir oʻz zararini koʻrsatadi. Ularning iste'molidan soʻng bajarilgan har qanday sport zararni toʻliq bartaraf etmaydi. Bunday ichimliklar yurak kasalliklari xavfini oshiradi va xolesterin darajasini koʻtaradi.

Fastfuddan voz keching

Foto: Alamy
Burgerni zararli boʻlmagan non, koʻkatlar va goʻsht deb tasavvur qilsangiz, yanglishasiz. Fastfud — bu turli yogʻ, tuz va shakar manbai boʻlib, asosan sifatli boʻlmagan mahsulotlar va shirin souslardan tayyorlanadi. Doimiy ravishda tez pishar taomlar bilan ovqatlanish yurak etishmovchiligi va qon bosimi oshishiga olib keladi.

Tibbiy tekshiruvlardan oʻtib turing

Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi yoʻli — salomatlikni kuzatib borishdir. Masalan, kaltsiyli exokardiyografiya yurak arteriyalaridagi kaltsiy toʻplanishlarini erta aniqlashga yordam beradi.

Stressdan uzoq boʻlishga harakat qiling

Kortizol, ya'ni stress gormoni qonda shakar va xolesterin darajasini oshiradi, qon bosimi oʻynashiga sabab boʻladi, bu esa yurak faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Agar sogʻlom va uzoq umr koʻrishni istasangiz, stressli muhitdan uzoqroq boʻlishga va ruhiy tushkunlik davrida atrofdagilardan yordam soʻrashga harakat qiling,

Gipertoniya va diabet xavfni minimallashtiring

Gipertoniya, ya'ni yuqori qon bosimi qon tomirlarini shikastlaydi. Bu yurak ishiga salbiy ta'sir qiladi, ayniqsa 40 yoshdan oldin gipertoniya rivojlanishi yurak xurujiga olib kelishi mumkin. Qonda yuqori shakar darajasi ham qon tomirlari holatiga ta'sir qiladi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

Vaznni nazorat qiling

Foto: Alamy
Gormonal qorin — bu semirishning bir turi boʻlib, odatda gipertoniyaga, jigar kasalliklariga va yuqori lipid darajalariga bogʻliq. Metabolik sindrom ham yurak xuruji xavfini oshiradi, shuning uchun vaznni nazorat qilishga alohida e'tibor qaratish zarur.

Spirtli ichimliklardan voz keching

Spirtli ichimliklarni haddan ortiq iste'mol qilish inson organizmi uchun eng zararli faktorlaridan biri hisoblanadi. Ideal holatda, umuman spirtli ichimliklardan voz kechish kerak.

Professional shifokorlarga murojaat qiling

Bugun tibbiyot mutaxassislarini chetlab oʻtish ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy bilimi boʻlmagan “ekspertlar”ga koʻr-koʻrona ishonish ortib bormoqda. Salomatlik uchun professional va tajribali mutaxassislarga murojaat qiling, ular sizning salomatligingizni toʻgʻri baholashga yordam beradi.

Har kuni 30 daqiqa mashq qiling

Jismoniy mashqlar yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi, bu esa qon aylanishini normallashtirishga olib keladi. Kardiologlar yurak salomatligi turgʻun boʻlishi uchun kuniga 30 daqiqa hech boʻlmasa engi sport turi bilan shugʻullanishni tavsiya etadilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik