
Foto: Kyodo
Tokioning Toyosu baliq bozorida oʻtkazilgan kimoshdi savdolarida 276 kilogrammli moviy tunes baligʻi 207 million iyenaga (1,3 million dollar) sotildi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.
Ma'lum qilinishicha, bu 1999 yildan beri qayd etilgan eng yuqori narxdir — 2019 yilda tunes 333 million iyenaga (3,1 million dollar) sotilgan edi.
Kimoshdi savdolarida gʻalaba qozonish uchun «Yamayuki» ulgurji kompaniyasi va Sushi Ginza Onodera restorani birlashgan. Baliq joriy yilning 4 yanvar kuni Aomori prefekturasi shimolida tutilgan.
Mamlakatdagi restoran sohasi vakillari yilning birinchi savdolarida xarid qilingan asosiy lot biznesning muvaffaqiyatli kechishiga ishonadi. Shuningdek, bu eng qimmat baliqni tatib koʻrish istagida boʻlgan mijozlarni jalb etishga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda Tokioda boʻlib oʻtgan baliq mahsulotlari kimoshdi savdosida moviy tunes baligʻi 20,84 mln iyenaga (202,5 ming dollarga yaqin) sotilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar