
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi nazorat inspektsiyasi tezkor guruhi viloyat prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi ekologik reyd tadbirini oʻtkazdi.
Reyd davomida Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi K.P. ijtimoiy tarmoqlar orqali noyob qush — Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan choʻl miqqiy qushini sotayotganida ushlandi.
Ma'lumot uchun, choʻl miqqiy qushi Oʻzbekiston Qizil kitobi va IUCN Qizil roʻyxatiga kiritilgan koʻchmanchi tur boʻlib, zaifga yaqin maqomga ega. Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda, Qizilqum togʻlarida, Amudaryo va Zarafshon daryolari vodiylarida tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.
Choʻl miqqiy qushi salomatligini tekshirish uchun Xorazm milliy tabiat bogʻiga oʻtkazildi. Kerakli muolajalar qoʻllanilgach, qush tabiatga qoʻyib yuboriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar