Lenovo Tech World xalqaro texnologik konferensiya doirasida kompaniya, Smart Cast va Magic View uskunalaridan tashqari, ishlab chiqilayotgan yana bir yangilik – Lenovo Smart Shoes “aqlli” krossovkalari konseptini ham namoyish etdi, deb yozadi Kun..uz.
Yangi krossovka fitnes bilan shug‘ullanayotgan odamning fiziologik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib, tahlil qilib boradi. Shuningdek, u yurak urishi va kaloriyalar yonishini qayd qilib boradi. Krossovkaga o‘rnatilgan GPS qabul qilgichi yordamida foydalanuvchi turgan erini aniqlashi va endi qaerga qarab yurishini aniqlab olishi mumkin bo‘ladi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu konsept “Buyumlar Interneti” (Internet-of-Things, IoT) strategiyasiga to‘la mos keladi. Ushbu loyiha to‘laqonli ekotizim yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Taxmin qilinishicha, krossovkalar joriy yilning aprel oyida e’lon qilingan, Lenovo, Vibram va BJDW kompaniyalari tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan Smart Shoe: Vibram and Lenovo look into the Future loyihasi doirasida ishlab chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?