
Yaponiyaning Kioto shahrida joylashgan ATR Computational Neuroscience laboratoriyasi inson ongida kechayotgan eng sirli jarayonlardan biri — tush ko‘rishni rasmiy vizual formatda qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ilmiy muvaffaqiyat internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan “kelajak texnologiyasi” sifatida baholanmoqda.
Qanday ishlaydi?
Tizim inson uxlayotgan paytda miyada yuz beradigan neyron faolligini yuqori aniqlikdagi magnit-rezonans tomografiya (fMRI) orqali kuzatadi. Ushbu ma’lumotlar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, vizual obrazlarga aylantiriladi — ya’ni miyaning “ichida” qanday obrazlar shakllanayotgani taxminiy aniqlanadi.
Bu jarayon orqali insonning tushda ko‘rgan manzaralari, odamlar, hatto obyektlar boshqa monitorda jonli aks etishi mumkin. Ilmiy guruhning ta’kidlashicha, har bir tasvir foydalanuvchi uyg‘onib so‘zlab bergan tush tafsilotlari bilan mos kelgan.
Professor Kamitani: “Ong eshigi ochilmoqda”
Loyiha muallifi, professor Yukiyasu Kamitanining so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon inson ongini o‘rganishda mutlaq yangi paradigmaga asos bo‘ladi:
“Biz miya signallari orqali tushdagi obrazlarni “o‘qish” imkoniyatini ishlab chiqdik. Bu inson tushlarini ilmiy-amaliy tadqiq qilish yo‘lida katta qadam”.
Qo‘llanilishi: fantastika realga aylanyapti
Hozircha texnologiya sinov bosqichida bo‘lsa-da, mutaxassislar uning istiqbollariga katta umid bog‘lashmoqda. Tushlarni rasmiy qayd qilish psixoterapiyada, psixiatriyada, orzu-tafakkur tahlillarida, shuningdek kino va videoigralar yaratishda innovatsion yo‘l ochishi mumkin.
Internet reaksiyasi: hayrat va qiziqish
Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlar ushbu yangilik atrofida juda ijobiy bo‘ldi:
- “Yaponlar rostdan kelajakda yashayapti!”
- “Menga birinchilardan bo‘lib shu qurilmani yetkazib bering!”
- “Endi tushlarimni yodlashga hojat qolmadi, barchasi ekranda saqlanadi!”
Zamin.uz tahririyatidan:
Inson miyasini “ko‘zgu”ga aylantirish orqali tushlar dunyosi haqida ilk marotaba aniq ma’lumotlar olish imkoni paydo bo‘lmoqda. Ilm-fan yana bir bor fantastik g‘oyani real texnologiyaga aylantirdi. Siz ham tushlaringizni tomosha qilishni istarmidingiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar