date

ChatGPT ma’lumotlari qanchalik ishonchli? Yangicha tahlil javobi

ChatGPT ma’lumotlari qanchalik ishonchli? Yangicha tahlil javobi

Yaqinda Dikin universitetida o‘tkazilgan ilmiy tekshiruv ChatGPT kabi sun’iy intellekt asosidagi chat-botlarni akademik izlanishlarda qo‘llash bo‘yicha jiddiy savollarni qayta ko‘tardi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va adabiyotlar ro‘yxatining katta qismi yo noto‘g‘ri, yo butunlay uydirilgan ekani ayon bo‘ldi.

Mutaxassislarning bildirishicha, ChatGPT'ga ruhiy salomatlikka oid olti mavzuda adabiyotlar sharhini tayyorlash vazifasi berilgan. Tekshiruv jarayonida 176 ta iqtibosdan 35 tasi (19,9%) mutlaqo soxta ekani ma’lum bo‘ldi. Qolgan 141 ta iqtibosda (45,4%) esa noto‘g‘ri sahifa raqamlari, mavjud bo‘lmagan DOI raqamlari yoki nashr sanasidagi xatolar kuzatilgan. Faqat 77 ta manba (43,8%) aniq va ishonchli deb topilgan.

Eng yomoni, ushbu xatolarni darhol farqlash oson emas. Masalan, soxta DOI raqamlarining 64 foizi mavzuga umuman aloqasi bo‘lmagan materiallarga olib borgan, yana 36 foizi esa umuman mavjud bo‘lmagan sahifalarga yo‘naltirgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ChatGPT kabi neyron tarmoqlardan foydalanganda ehtiyotkorlikni kuchaytirish, aniq yo‘riqnomalar ishlab chiqish va ma’lumotlarni inson tomonidan majburiy tekshirish juda muhim. Ilmiy jurnallar va ta’lim muassasalarini ham bunday xatolardan himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga chaqirishdi.

Bundan tashqari, Yevropa teleradiokorporatsiyalar ittifoqi (EBU) o‘tkazgan alohida tahlilda ham ChatGPT, Claude, Gemini va boshqa chat-botlar javoblarining 40 foizgacha qismini uydirib, uni haqiqiy fakt sifatida taqdim etayotgani qayd etilgan.

Aniqlangan ayrim misollar:

  • ChatGPT ba’zan «Papa Fransisk tirik» degan noto‘g‘ri ma’lumot bergan;
  • Microsoft Copilot Shvetsiyaning NATOga a’zo ekanini inkor qilgan;
  • Google Gemini esa Donald Trampning qayta saylanish ehtimoli haqida munosabat bildirgan — bu AQSH qonunlariga zid hisoblanadi.

Umuman olganda, ekspertlar bir ovozdan shunday deyishmoqda: sun’iy intellektdan foydalanganda intizom va diqqatni kuchaytirish, har qanday ma’lumotni qayta tekshirish asosiy qoida bo‘lishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ChatGPT ma’lumotlari qanchalik ishonchli? Yangicha tahlil javobi