date

Amazon internet poygasida: 1 Gbit/s tezlikdagi Leo Ultra taqdim etildi!

Amazon internet poygasida: 1 Gbit/s tezlikdagi Leo Ultra taqdim etildi!

Texnologiya giganti Amazon o‘zining koinotdan internet yetkazib berish loyihasining yangi ko‘rinishini namoyish etdi. Ilgari "Kuiper" deb nomlangan loyihaning nomi Amazon Leo deb o‘zgartirildi va kompaniya Leo Ultra terminalini taqdim etdi. Kompaniya buni bugungi kunda dunyodagi "eng kuchli terminal" deb ta’kidlamoqda.

Tezlik rekordi: 1 Gbit/s

"Leo Ultra" — bu taxminan 50x80 santimetr o‘lchamli, qo‘zg‘almas o‘rnatiladigan yirik fazali antennadir. Uning ichida Amazon’ning shaxsiy chiplari va bir vaqtning o‘zida ma’lumot uzatish va qabul qilishga qodir bo‘lgan to‘liq tizim mavjud. Eng muhimi, tezlik darajasi juda jiddiy: yuklab olish uchun 1 Gbit/s gacha va uzatish uchun 400 Mbit/s gacha tezlik va’da qilinmoqda.

Uch xil model va global qamrov

"Ultra" flagman modeli bo‘lishiga qaramay, Amazon shuningdek, o‘rtacha "Leo Pro" va atigi 17 santimetrli kichik "Leo Nano" terminalini ham namoyish etdi, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 100 Mbit/s gacha.

Hozirda Amazon orbitada 150 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshga ega bo‘lib, ommaviy uchirishlar aprel oyidan beri davom etmoqda. Kompaniya butun dunyoni qamrab olish uchun bir necha minglab qurilmalarni joylashtirishni, hatto kelgusi istiqbolda orbitada ma’lumot markazlarini bunyod etishni rejalashtirmoqda. Uskunalar narxi va tariflari no’ma’lum bo‘lib, oddiy foydalanuvchilar uchun Amazon Leo xizmati 2026 yilda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon internet poygasida: 1 Gbit/s tezlikdagi Leo Ultra taqdim etildi!