
AQShda sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan DOGE (Hukumat samaradorligi departamenti) o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Garchi uning faoliyat muddati tugashiga hali sakkiz oy qolgan bo‘lsa-da, loyiha rasman yopildi.
DOGE dastlab byurokratiyani qisqartirish va davlat xarajatlarini kamaytirish maqsadida ishga tushirilgan edi. Loyiha boshlanishida katta e’tibor va reklama bilan e’lon qilingan bo‘lsa-da, u kutilgan natijani bera olmadi. OPM (Hodimlar boshqarmasi) rahbari Skott Kuportning aytishicha, DOGE endi markazlashgan tuzilma sifatida mavjud emas, uning funksiyalari boshqa tuzilmalarga topshirilgan.
DOGE tarkibida ishlagan ba’zi mutaxassislar hozirda Milliy dizayn studiyasida hukumat veb-saytlarini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Tramp va Elon Mask ushbu loyihani faol qo‘llab-quvvatlagan, Mask hatto bir konferensiyada byurokratiyani "kesish" ramzi sifatida zanjirsimon arra bilan chiqqani bilan esda qolgan.
Shunga qaramay, ayrim shtatlarda DOGE’ga o‘xshash lokal loyihalar yaratilmoqda. DOGE milliardlab mablag‘ni tejashi kerak edi, ammo mustaqil ekspertlar bu ko‘rsatkichni tasdiqlash imkonsiz ekanini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.