date

Ronaldu Madrid markazida yana bir biznes boshlamoqda

Ronaldu Madrid markazida yana bir biznes boshlamoqda

Saudiyaning “An-Nasr” jamoasi va Portugaliya termasining yetakchi yulduzi Krishtianu Ronaldu futboldan tashqaridagi biznes imperiyasini yana kengaytirmoqda. Marca nashri yozishicha, mashhur hujumchi Madrid yuragida ochilayotgan yangi, yopiq formatdagi Mega Members Club loyihasida hammuassis sifatida ishtirok etmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, bu ulkan loyiha poytaxtdagi nufuzli restoran va tungi klublar tarmog‘i sohiblaridan biri — Inigo Oniyeva bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan. Taklif etilayotgan klub maydoni taxminan 1000 kvadrat metr bo‘lib, u faqat maxsus ro‘yxatdagi a’zolar kirishi mumkin bo‘lgan yuqori darajali yopiq maydon sifatida faoliyat yuritadi.

Klubning ichki qoidalari ham juda qattiq: mobil telefonlar, fotoapparat va video kameralardan foydalanish mutlaqo taqiqlangan. Interer esa 1950-yillar Nyu-York atmosferasini esga soluvchi uslubda bezatilgan bo‘lib, konsepsiya jihatidan Soho House kabi eksklyuziv joylarga o‘xshaydi. Hozirda oxirgi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va klubning rasmiy ochilishi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimiga jahon miqyosidagi ko‘plab mashhurlar tashrif buyurishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Ronaldu futboldan tashqaridagi faoliyati bilan ham milliardlab daromad topgan sportchilardan biri hisoblanadi. U Nike, Armani kabi dunyogi mashhur brendlar bilan yirik reklamaviy shartnomalar imzolagan, CR7 brendi ostida kiyim-kechaklar, mehmonxonalar, parfyumeriya va sport zallarini yo‘lga qo‘ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Madrid markazida yana bir biznes boshlamoqda