
Soʻnggi haftalarda "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyani Madridning "Atletiko" jamoasi bilan bogʻlashgan edi. Biroq futbolchining tez orada Madridga koʻchib oʻtishi ehtimoldan yiroq.
Jurnalist Fabritsio Romano oʻzining YouTube kanalidagi dasturida oʻtgan yozda Kukurelya "Chelsi" bilan shov-shuvsiz maxfiy shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. London klubi futbolchining yuqori darajadagi oʻyinini eʼtirof etib, yaxshilangan shartlar asosida yangi kelishuv tuzgan.
Mark Kukurelyaning yoshi 27 da. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevro atrofida baholagan.
Shuni ham eslatish joizki, yaqinda Mark Kukurelya Chempionlar ligasi doirasida "Chelsi"ning "Barselona" ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida Lamin Yamalni muvaffaqiyatli toʻxtatib turishga erishdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.