date

Toshkent havosini yaxshilash uchun namlik purkovchi innovatsiya sinovdan o‘tmoqda

Toshkent havosini yaxshilash uchun namlik purkovchi innovatsiya sinovdan o‘tmoqda

Toshkentda havo sifati va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan yangi texnologiyalar amaliyotda tekshirilmoqda. Poytaxt hokimligi ma’lum qilishicha, havoga suvning mayda mikrozarrachalarini uzoq masofaga tarqata oladigan ulkan dispersiya qurilmasi sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Hokimlik bayonotida ta’kidlanishicha, bu texnologiya maxsus ravishda Toshkent iqlim sharoitiga moslashtirilmoqda.

Mazkur qurilma havodagi changlanishni kamaytirish, havoni namlash va ayrim zararli moddalar tarqalishini pasaytirishda ko‘mak berishi kutilayapti. Jahonda shunday turdagi dispersiya moslamalari katta shaharlardagi ekologik muammolarni yumshatishda samarali ekani aytilgan.

Uskunani o‘rnatish uchun tanlangan ilk nuqtalardan biri — Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududi. Bu yerda qurilmaning texnik imkoniyatlari, radiusi, ta’sir samarasi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari maxsus mutaxassislar tomonidan o‘rganilayotgani bildirilgan.

Hozircha sinovning aniq tafsilotlari e’lon qilinmagan, ammo hokimlik yaqin kunlarda natijalar va keyingi amaliy qadamlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Agar qurilma o‘zini oqlasa, uni poytaxtning aholi serqatnov hududlariga, ayniqsa ekologik holat tez buziladigan joylarga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu esa Toshkentning ekologik barqarorligi va aholi salomatligi uchun muhim texnologik qadam bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Toshkent havosini yaxshilash uchun namlik purkovchi innovatsiya sinovdan o‘tmoqda