
Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Lui Saa Barselona vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Saa Yamaldagi chalg'ituvchi omillar va futbolga bo'lgan yetarli darajadagi ishtiyoqning yo'qligi sababli u Lionel Messi darajasiga yetolmasligini ta'kidladi.
"Yamal Messining darajasiga yetishi va hattoki undan oshib ketishi mumkinmi? Bu, albatta, uning uchun yaxshi bo'lardi, lekin men bunga ishonmayman.
Yamalda mahorat bor, ammo unda Krishtianu Ronaldu kabi futbolga bo'lgan ishtiyoqni ko'rmayapman. Bu yigitlar futbolga juda mukkasidan ketgan edi.
Ammo Yamaldan hozirdanoq juda ko'p chalg'ituvchi omillar mavjud. Men u Neymarga o'xshab yo'ldan adashib ketishidan xavotirdaman.
Mening fikrimcha, Neymar Yamaldan ham ko'proq iqtidorli edi", - dedi Saa OLBG bilan suhbatida. Ma'lumot uchun, Lamin Yamal 2025-yilda "Oltin to'p" sovrini uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.