date

Resident Evil Requiem 4 mln kishi tomonidan istaklar roʻyxatiga qoʻshildi

Resident Evil Requiem 4 mln kishi tomonidan istaklar roʻyxatiga qoʻshildi

Resident Evil Requiem yozda e’lon qilinganidan beri 4 million o‘yinchi tomonidan istaklar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda loyiha ishlab chiquvchilari X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qiziqishning keskin oshishiga The Game Awards 2025 marosimida namoyish etilgan yangi treyler sabab bo‘lgani aytilmoqda. Unda Capcom o‘yinda ikkinchi bosh qahramon ham borligini rasman tasdiqladi — u seriyaning eng taniqli personajlaridan biri Leon Kennedi bo‘ladi.

Hikoya Leon va yangi qahramon — FQB tahlilchisi Greys Eshkroft o‘rtasida bo‘linadi. Greys bilan o‘ynashda yashirin harakatlanish (stelss) va qo‘rqinchli unsurlar ustun bo‘lsa, Leon klassik jangovar uslubni saqlab qoladi va dushmanlar bilan faol to‘qnashuvlarga ko‘proq tayanadi.

Syujetga ko‘ra, seriyaning to‘qqizinchi raqamli qismi o‘yinchilarni Resident Evil 2 yakunida ko‘rsatilgan bombardimondan 30 yil o‘tib vayron bo‘lgan Rakkun-Sitiga qaytaradi. Shahar talafot ko‘rganiga qaramay, hanuz xavf-xatar va yashirin sirlar manbai bo‘lib qoladi.

Resident Evil Requiem’ni ham birinchi, ham uchinchi shaxs ko‘rinishida o‘ynash mumkin bo‘ladi. O‘yin 27 fevral kuni PC (Steam), PlayStation 5, Xbox Series va Nintendo Switch 2 platformalarida chiqishi rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq ruscha lokallashuvni ham oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Resident Evil Requiem 4 mln kishi tomonidan istaklar roʻyxatiga qoʻshildi