date

Guranko Gancharenkoni Belarus uchun kuchli murabbiy deb baholadi

Guranko Gancharenkoni Belarus uchun kuchli murabbiy deb baholadi

Belarus futbolining sobiq yulduzi Sergey Guranko milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangani yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

6-yanvar kuni Belarus terma jamoasini endilikda Viktor Gancharenko boshqarishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Gurankoning ta’kidlashicha, Gancharenko top-klublarda ishlagan tajribaga ega kuchli mutaxassis bo‘lib, Belarusni 2028 yilgi Yevropa chempionatiga olib chiqishga urinib ko‘radi.

Shuningdek, u Gancharenko Belarus futbolining o‘ziga xos jihatlarini yaxshi bilishini ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli mutaxassis avvalroq «Ural», «Pari NN», «Krasnodar», CSKA, «Ufa» va boshqa klublarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Guranko Gancharenkoni Belarus uchun kuchli murabbiy deb baholadi