Bavariya Boeyni qishda sotish ehtimolini inkor etmadi

Myunxenning «Bavariya» klubi o'ng qanot himoyachisi Sacha Boey qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
25 yoshli futbolchi asosiy tarkibda muntazam o'ynay olmayapti. Klub sport bo'limi rahbari Maks Eberl yanvarda fransuz legioner bilan xayrlashish variantini ham ko'rib chiqishayotganini tasdiqladi.
«Hiroki [Ito] va Fonzi [Alfonso Devis] qaytdi — endi bizda juda ko'p yuqori saviyadagi qanot himoyachilari bor. Shu sabab bir-ikki futbolchiga o'yin amaliyoti topish qiyinlashishi mumkin. Ehtimol, tarkib bo'yicha ayrim o'zgarishlarni o'ylab ko'rish mantiqli. Hozir 6 yanvar, transfer oynasi yopilishiga hali ancha vaqt bor», — Bayern & Germany Eberlning Boey kelajagi haqidagi savolga javobini keltiradi.
Avvalroq latyeralga «Kristal Pelas» va «Galatasaray» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Transfermarkt portali Boeyni 15 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!