Hades II 2025 yilning eng yuqori baholangan PK o'yini bo'ldi

2026 yil 6 yanvar kuni e'lon qilingan reytingga ko'ra, Hades II 2025 yilda PK platformasida chiqqan eng yuqori baholangan o'yin sifatida birinchi o'rinni egalladi. O'yin 95 ball to'plab, “Yil o'yini” deb topilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ro'yxatga faqat ixtisoslashgan nashrlardan kamida yettita taqriz olgan relizlar kiritilgan. Hades II nafaqat Metacriticda, balki OpenCriticda ham yilning yangi o'yinlari orasida eng yuqori natijani qayd etgan.
Ikkinchi pog'onadan Blue Prince (92 ball) joy olgan bo'lsa, uchinchi o'rinni Clair Obscur: Expedition 33 (91 ball) egalladi. Kuchli beshlikka Hollow Knight: Silksong va Split Fiction ham kirib, har ikki loyiha 90 balldan baholangan.
Top-10 ro'yxatidan PlayStation 5 platformasidan ko'chirilgan yirik portlar ham o'rin oldi — Final Fantasy VII Rebirth va The Last of Us Part II Remastered. Kingdom Come: Deliverance II 89 ball bilan 12-o'ringa joylashgan, undan keyingi qatorni esa Monster Hunter Wilds 88 ball bilan egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!