date

Roblox chatlar uchun yoshni tasdiqlashni majburiy qiladi

Roblox chatlar uchun yoshni tasdiqlashni majburiy qiladi

Roblox o‘yin platformasida endi chatlarda yozish uchun foydalanuvchilar yoshini majburiy tarzda tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Bu haqda servis bosh direktori Devid Bazuki Roblox’ning rasmiy akkauntidagi videomurojaatida ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Uning aytishicha, Yangi Zelandiya va Avstraliyada foydalanuvchilarning yarmidan ko‘pi allaqachon verifikatsiyadan o‘tgan, dunyo bo‘yicha esa o‘nlab million o‘yinchi o‘z ma’lumotlarini tasdiqlab ulgurgan. Yangilikdan ko‘zlangan maqsad — o‘yin ichidagi muloqotni yanada xavfsiz qilish.

Yoshni tasdiqlashning ikki yo‘li taklif etilmoqda: 13 yoshdan boshlab pasport yoki fotosuratli boshqa hujjat suratini yuklash, yoxud yuzni tanish texnologiyasi orqali tekshiruvdan o‘tish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Roblox chatlar uchun yoshni tasdiqlashni majburiy qiladi