Qualcomm Snapdragon X2 Plus raqobat maydoniga jiddiy kirdi

Qualcomm CES 2026 ko‘rgazmasida Snapdragon X2 Plus platformasini rasman namoyish qildi. Windows-kompyuterlar uchun chiplar qatorini kengaytiradigan ushbu yechim ommaviy segmentni nishonga oladi va quvvat bilan energiya tejamkorligi o‘rtasida muvozanat taklif etadi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Yangi arxitekturaning samaradorligi tufayli foydalanuvchilar bir necha kunlab quvvatga ulamasdan ishlash imkoniga yaqinlashadi. Shu bois Snapdragon X2 Plus portativ noutbuklar bozorida, ayniqsa professional foydalanuvchi va kontent yaratuvchilar uchun, eng kuchli da’vogarlar qatoridan joy olmoqda.
Snapdragon X2 Plus asosidagi ilk qurilmalarni Lenovo, Dell va Acer kabi yirik ishlab chiqaruvchilar taqdim etishi kutilmoqda. Bu platformadagi noutbuklar 2026 yilning birinchi yarmida sotuvga chiqadi.
Biroq intriga ham bor: bu yerda arxitekturalar turlicha — ARM va x86 to‘qnashuvi. Hammasi Windows’ning ARM uchun qanchalik puxta optimallashtirilgani, ayniqsa drayverlar masalasida, qay darajada hal qiluvchi bo‘lishiga bog‘liq.
Qiziq tomoni, Qualcomm so‘nggi paytlar go‘yo “konveyerga” tushgandek, yangi protsessorlarni ketma-ket chiqarishni tezlashtirib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!