date

Gasperini A Seriyada 1000 ochko to'plagan uchinchi murabbiy bo'ldi

Gasperini A Seriyada 1000 ochko to'plagan uchinchi murabbiy bo'ldi

"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyada kamyob natijaga erishdi. Rim klubi Italiya chempionati 19-turida "Lechche" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Evan Fergyuson va Artyom Dovbik raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, Gasperini g'alaba uchun uch ochko beriladigan davrda A Seriyada 1000 ochkolik marrani zabt etgan atigi uchinchi murabbiyga aylandi. Undan oldin bu ko'rsatkichga Massimiliano Allegri (1050) va Luchano Spalletti (1014) yetib kelgan bo'lib, hozirda ular mos ravishda "Milan" va "Yuventus"ni boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jan Pyero Gasperini o'tgan yozda "Roma" boshqaruviga kelgandi. Mutaxassis bungacha uzoq yillar "Atalanta"da samarali ishlagani bilan tanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gasperini A Seriyada 1000 ochko to'plagan uchinchi murabbiy bo'ldi