date

Spalletti Kyezani Yuventusga qaytarish gaplariga izoh berdi

Spalletti Kyezani Yuventusga qaytarish gaplariga izoh berdi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti klubning "Liverpul" vingeri Federiko Kyezaga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OAV va insayderlar tarqatayotgan mish-mishlarga ko'ra, "keksa sinyora" 28 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida tarkibiga qaytarib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

"Kyeza bo'yicha hozircha rasmiy muzokaralar o'tkazilmadi. Ba'zi transfer yangiliklarini sizlardan eshitaman. Bilishimcha, hozircha bu shunchaki gap-so'zlar, aniq narsa yo'q", — dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.

Federiko Kyeza 2024 yil yozida "Yuventus"dan "Liverpul"ga 12 mln yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Italiyalik futbolchi "qizillar"ning asosiy tarkibidan barqaror joy ola bilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Kyezani Yuventusga qaytarish gaplariga izoh berdi