Rafin'ya Simeonening “Oltin to'p” haqidagi gaplariga javob berdi

Rafin'ya Simeonening “Oltin to'p” haqidagi gaplariga javob berdi

Barselona” vingeri Rafin'ya Dias “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone tomonidan aytilgan shov-shuvli fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'tgan oy argentinalik mutaxassis Rafin'yaning “Oltin to'p”ni olmagani unga tushunarsiz ekanini aytib, “ko'k-anorranglilar” yulduzining o'yinini yuqori baholagan edi.

“Simeonening so'zlarimi? Buning uchun undan minnatdorman. Diyego — zo'r murabbiy, men uni juda hurmat qilaman”, — dedi braziliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletik” Bilbaoga qarshi o'yinda (5:0) dubl qayd etganidan keyin bergan intervyusida.

Finalda “Barselona” “Real” Madrid yoki “Atletiko”dan biri bilan to'qnash keladi. Madrid derbisi payshanba kuni o'tadi, final esa yakshanba, 11-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar